Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Deputat tomonidan sessiya qarori ijrosi oʻrganildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-215-sonli qarorining 3-bandida oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflariga muvofiq mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tashkil qilinishi, hududlarda oilaviy shifokor punktlari tarmogʻini yanada kengaytirish uchun 2023 yil 1 yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur qaror asosida xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tumandagi 12-oilaviy poliklinika negizidagi “Gʻaribshoh” filialiga qayta oilaviy shifokorlik punkti maqomini berilishi boʻyicha qaror qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini oʻrganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati M.Naimova Gʻaribshox oilaviy shifokorlik punktida boʻlib, bu yerda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.

Slide 1 of 5