Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“НАМУНАЛИ  КЕНГАШ ҚАНДАЙ БЎЛАДИ: РЕЖА ВА ТАКЛИФЛАР”
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
МИЛЛИЙ ЛИБОСЛАР КУНИДА ОШ МУСОБАҚАСИ
янв.21
БАҲОР КЕЛДИ СЕНИ СЎРОҚЛАБ...
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
Наманган вилояти ёшлари билан Давлат дастури лойиҳаси муҳокама қилинди.
янв.21
Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати
янв.21
Депутатлик одоби
янв.21
НОҚОНУНИЙ ФАОЛИЯТГА ЧЕК ҚЎЙИЛАДИ
Deputatning bir kuni

 Margʻilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov Zuhro va Qirguli mahallalaridagi ayollar daftari xatlov jarayoni bilan yaqindan
tanishib, mahalla yettiligi faoliyatini ham o‘rgandi. Mahalla yettiligi faoliyati va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, ayollarni huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Deputat o‘z tashriflarida ayollar va ularning farovonligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar zarurligini ta'kidladi. 

Shuningdek, Abdumalik Ermatov hududdagi 5-maktab va 36-maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatini ham o‘rgandi Ta'lim
sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha reja tuzilib, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, ta'lim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Deputatning shu kabi tashriflari hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va ta'lim sohasidagi o‘zgarishlarga salmoqli hissa
qo‘shmoqda. Ayollar daftari, mahalla faoliyati va ta'lim tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar kelgusida aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 6