Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“НАМУНАЛИ  КЕНГАШ ҚАНДАЙ БЎЛАДИ: РЕЖА ВА ТАКЛИФЛАР”
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
МИЛЛИЙ ЛИБОСЛАР КУНИДА ОШ МУСОБАҚАСИ
янв.21
БАҲОР КЕЛДИ СЕНИ СЎРОҚЛАБ...
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
Наманган вилояти ёшлари билан Давлат дастури лойиҳаси муҳокама қилинди.
янв.21
Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати
янв.21
Депутатлик одоби
янв.21
НОҚОНУНИЙ ФАОЛИЯТГА ЧЕК ҚЎЙИЛАДИ
Oila — qadriyatlar maskani

Oila — qadriyatlar maskani

✅Uchquduq tuman 2-TSQda oila va jamiyatning asosiy tayanchi bo‘lgan qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadida “Oila — qadriyatlar maskani” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

✅Tadbirda "Oqila ayollar harakati" a’zolari Ozoda Ergasheva, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mubina Kamolova, Inobat G‘affarova va Mohira Hosilova ishtirok etib, o‘z hayotiy tajribalari va maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. 

✅Korxona va tashkilotlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullari hamda faol xotin-qizlar ishtirok etgan davra suhbatida oilaviy qadriyatlarning ahamiyati, sog‘lom va mustahkam oila qurishda er-xotin munosabatlari, qaynona-kelin o‘rtasidagi hurmat va hamjihatlik masalalari keng muhokama qilindi.

 ✅Mehr-oqibat, sabr-toqat va o'zaro tushunishning oilani mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

✅Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi oila institutining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 7