Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
XOTIRA VA QADRLASH MUQADDAS TUYG‘U!

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Shofirkon tumani kengashi deputatligiga saylangan Dildora Axmedova 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shibirg'on qishlog'ida yashovchi 100 yoshni qarshilagan Sharofat bibi Shukurova holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladi. Sharofat bibining kuch-quvvatga to‘lgan ayni yoshlik yillari oson kechmadi. Biroq qiyinchiliklarga sabr qildi.  Aya bugungi kunlarni ko‘rish nasib etganidan mamnun. Mas'ullar bilan muloqotda onaxon boshdan kechirganlarini yodga oldi. Yo‘qlov uchun ularga minnatdorlik bildirib, duoga qo‘l ochdi. 

 Navbatdagi manzil mazkur mahallada yashovchi Zulayxo aya Qayimovaning xonadoni bo‘ldi. 83 yoshli onaxon uzoq yillar kolxoz dalasida ishladi, paxta terdi, ipak qurti boqdi. 5 farzandini uyli-joyli qildi. Mutasaddilar Zulayxo ayaga sog‘lik, uzoq umr tilashib, unga ham esdalik sovg‘asini taqdim etdilar.

Slide 1 of 6