Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Front ortida mehnat qilganlar qadrlanmoqda.

Yurtimizda o‘tgan aziz insonlarning xotirasini e’zozlash, bugungi tinch, osoyishta, dorilamon kunlarga etishimizda fidoyilik ko‘rsatgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylar, nuroniy otaxonu onaxonlar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish ezgu an’anaga aylangan.Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelinayotir.Xotira va qadrlash tushunchalari zamirida insonga, uning hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga cheksiz ehtirom tuyg‘usi mujassam. Xotira va qadrlash kunlari arafasida bugungi tinch-osoyishta hayot, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. Shu yo‘lda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz. Shu munosabati bilan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan viloyat va tuman Kengashi deputatlari Jondor tumani "Qovchin" mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi front ortida xizmat qilgan Bobomurod ota SHomurodovni holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladilar.

Slide 1 of 5