Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
“Oqtepa” mahallasida yoshlar bandligi va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murojov hamkorligida “Oqtepa” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi.
🔹Hisobotda mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, «Yoshlar daftari» bilan ishlash holati, ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni daromadli mehnat bilan ta’minlash, ta’lim va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
🔹Muhokamalar davomida yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, har bir yoshning muammosiga individual yondashish, ularni davlat dasturlari va imtiyozli loyihalarga keng jalb qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2