Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan yozma hisobotlar atroflicha tahlil qilinib, ularning mazmuni va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan ilgari surilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlanmagan tashkilotlar faoliyati yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Deputatlik so‘rovlari ijrosi kechiktirilgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Yig‘ilishda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan tizimli monitoring olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarga amaliy tavsiya hamda topshiriqlar berildi.