Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Energiyani tejash — bugunning dolzarb vazifasi!

Energiyani tejash — bugunning dolzarb vazifasi!

O‘zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qonuni 2024-yil 9-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2024-yil 10-iyulda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Qonun energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq:

🔹 energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrofgarchilikning oldini olish;
🔹 energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
🔹 energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalardan foydalanishni kengaytirish;
🔹 qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish;
🔹 davlat organlari, tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarning energiyani tejash borasidagi mas’uliyatini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Har birimiz energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali nafaqat oilaviy xarajatlarni kamaytiramiz, balki atrof-muhitni asrash va mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga ham munosib hissa qo‘shamiz.