Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Aholi murojaatlari bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotlar masalasi sessiya muhokamasiga kiritiladi

Aholi murojaatlari bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotlar masalasi sessiya muhokamasiga kiritiladi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Avliyokulov boshchiligida tuman Kengashi doimiy komissiyalari raislari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti va tahliliy ma’lumotlari atroflicha muhokama qilindi. Tahlillar jarayonida tumandagi ayrim tashkilot, korxona va muassasalar tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, oqibatda ushbu yo‘nalishlarda murojaatlar soni keskin oshganligi tanqidiy qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida tuman Kengashi raisi va komissiya raislari tomonidan murojaatlar soni oshib ketgan hamda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlarining hisobotlarini tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda ularning mas’uliyatini qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 4