Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ЯНГИ ТУРИЗМ МАНЗИЛЛАРИ САРИ
янв.21
КУНЛИК ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ.
янв.21
ИТТИФОҚ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ БИЛАН МУЛОҚОТ ВА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР БАНДЛИГИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ТАЯНЧ МАҲАЛЛАДА — БАРҚАРОР БАНДЛИК ВА ФАРОВОНЛИК САРИ
янв.21
УЙЧИНИНГ ТУРИСТИК САЛОҲИЯТИ — ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР МАНБАИ
янв.21
Уйчи туманида аҳолини камбағалликдан чиқариш, бандлигини таъминлаш ҳамда барқарор даромад манбаларини яратишга қаратилган ишлар изчил давом этмоқда.
янв.21
OG‘IR TOIFAGA TUSHGAN ITTIFOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИКАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-642 qonuniga hamda Kengash rejasiga asosan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan fuqarolar bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–642-son Qonuni talablaridan kelib chiqib, Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan aholi bandligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish doirasida doimiy komissiya raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan tumanda aholini doimiy ish bilan ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish markazi va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish va boshqa bandlik dasturlarining samaradorligi ham o‘rganildi.

Slide 1 of 3