Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uychi tumanida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatini hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqild
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи туман Кенгаши депутати, туман ҳокими Музаффар Абдуллаев тумандаги “Uychi Chemical” МЧЖга ташриф буюриб, корхонада амалга оширилаётган ишлаб чиқариш лойиҳалари ҳамда келгусидаги истиқболли режалар билан танишди.
янв.21
Сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш – барқарор тараққиётнинг муҳим омили
янв.21
Эзгулик МФЙда ҳисобот йиғилиши ўтказилди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЙЧИ ТУМАН КЕНГАШИ ДОИМИЙ КОМИССИЯСИНИНГ НАВБАТДАГИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
Олмурут маҳалласининг маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди Халқ депутатлари Уйчи туман Кенгаши котибияти мудири Н. Дедаханова томонидан Олмурут маҳалласида фаолият юритаётган маҳалла еттилигининг иш фаолияти ўрганилди.
янв.21
Deputat og‘ir toifaga tushgan hududdagi elektr ta’minoti ishlari bilan tanishdi
янв.21
Шифокор МФЙ раиси фаолияти ўрганилди
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR ZIYO MASKANIGA TASHRIF BUYURDIDEPUTAT YOSHLAR ZIYO MASKANIGA TASHRIF BUYURDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR ZIYO MASKANIGA TASHRIF BUYURDI
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi S.Imomaliyev tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklar, ta’lim, bandlik va kredit masalalari bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔺Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar deputat tomonidan doimiy nazoratda turishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1