Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLADAGI HOKIMI YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAAT IJROSI AMALDA: “SHIFOKOR” MFYDAGI TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA’MIRLANMOQDA!
янв.21
“33-OILAVIY POLIKLINIKADA SENATOR VA DEPUTATLAR ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
SAYYOR QABUL: MUAMMOLARGA JOYIDA YECHIM TOPILMOQDA
янв.21
“Ёшлар маслаҳат гуруҳи доирасида ёшлар билан учрашув ташкил этилди”
янв.21
“КЕСКАНЁР” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИ БАРПО ЭТИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Фуқаро мурожаати юзасидан 33-оилавий поликникида ўрганиш ишлари амалга оширилди.
янв.21
Аҳоли хавфсизлигини таъминлаш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш ҳамда пиёдалар учун қулай шароит яратиш мақсадида Уйчи туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасаси томонидан муҳим амалий ишлар олиб борилмоқда.
Maktabdagi elektr ta’minoti masalasi deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasida joylashgan 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktab hududida transformator mavjud bo‘lishiga qaramasdan, u elektr tarmog‘iga ulanmagani sababli muassasaning elektr ta’minoti bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, maktab rahbariyati ushbu masalani hal etishda amaliy yordamga ehtiyoj sezayotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish, transformatorni ishga tushirish va maktabning elektr ta’minotini yaxshilash masalasi nazoratga olindi.

Ta’lim muassasalarida qulay sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1