Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Фуқаролар муаммоларига амалий ечимлар топилмоқда.
KENGASH DEPUTATLARI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI HAMKORLIGI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tuman Kengashi deputati, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich deputatlik faoliyati doirasida o‘zlariga biriktirilgan Parkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i Farxod Tursunqulov bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida Kengash deputatlari hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash,qonunlar ijrosini samarali ta’minlash, yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etish hamda joylardagi ijtimoiy muammolarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, tashkilot va muassasalarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda bu boradagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.Muloqot yakunida tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholining bu boradagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda Kengash deputatlari va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 6