Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Xumson” va “Ugam” mahallalariga biriktirilgan xotin-qizlar faoli X.Saidazimovaning mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahallada yashovchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

🔺Shuningdek, "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 1