Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
SHODLIK MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan xotin-qizlar masalalarini atroflicha tahlil qilish, sohada amalga oshirilayotgan ishlarning haqiqiy holatini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi va “yettilik” a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda sektorlar va mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, mahalla tizimida olib borilayotgan amaliy ishlarni joyiga chiqib o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish va muammolarga yechim topish mahalliy Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, fuqarolarning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda mahalla institutining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2