Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Фуқаролар муаммоларига амалий ечимлар топилмоқда.
Yoshlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratida

 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati D. Valiyeva tomonidan Yoshlik mahallasi aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganilib, uni tizimli hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlariga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni tizimli hal etish maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘ ajratish masalasi Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga olib chiqildi.

Natijada, 2026-yil 12-martdagi Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining VII-17-28-6-80-K/26-sonli qarori bilan Yoshlik mahallasidagi ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash xarajatlari uchun 135 000 000 (bir yuz o‘ttiz besh million) so‘m mablag‘ ajratildi.

Slide 1 of 4