Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Tuman ma'rifat ziyolisi A. Axmadjanov faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
AYOLLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Uychi tuman bo‘limi boshlig‘i E.Yunusovaning 2026-yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti o‘rganildi.
янв.21
PIYODALAR INFRATUZILMASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Uychi tuman Kengashida ZOOM orqali Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
INSON QADRI UCHUN: EHTIYOJMAND OILALARNING UY-JOYLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI TAHLIL QILINDI✔️
янв.21
Уйчи туманидаги 2-ДМТТда "Учинчи Ренессанс бунёдкорлари" мавзусидаги тадбир юқори савияда ташкил этилди.
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 22-Demun saylov okrugidan saylangan deputat G.Jabborova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Sho‘robod” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, shuningdek, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, bandlik va daromadli mehnat bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar holati yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish hamda bu boradagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Mazkur o‘rganish aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolariga tizimli yechim topish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4