Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Kotib

Deputatlar tomonidan tuman oqava suv tarmoqlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi aholi punktlarida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, agrar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman oqava suv tarmoqlari bo‘limiga tashrif uyushtirildi.

Deputatlar o‘rganishlar jarayonida oqava suv tarmoqlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar jarayonida mutasaddilar bilan mavjud bo‘lgan moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish hamda ularning boshqaruvini eng yuqori xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish yuzasidan suhbat o‘tkazildi. 

Shuningdek, tuman hududidagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan oqava suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar tozalash inshootlarining texnologik reglamenti buzilgan taqdirda, korxonalarning faoliyatini belgilangan qonun doirasida to‘xtatish tartibi bo‘yicha huquqiy-me’yoriy choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.

Oqava suv tarmoqlarining uzluksiz va sifatli ishlashi atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 5