Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Yosh avlod kelajagi uchun investitsiya

 Mazkur qaror asosida yoshlarga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratilishi, xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun moliyaviy ko‘mak berilishi, shuningdek, frilans, mobilografiya, internet savdosi, kasanachilik, tikuvchilik va novvoychilik kabi yo‘nalishlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarining kengaytirilishi nazarda tutilgan.

 Ayniqsa, kreditlarning 7 yilgacha muddatga va imtiyozli davr bilan ajratilishi yoshlarning biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishi hamda tadbirkorlik faoliyatini barqaror yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 Bu esa nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, balki yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga ham xizmat qiladi.

🌱 Bugun yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar — ertangi taraqqiyotning eng muhim sarmoyasidir. Mazkur qaror mamlakatimizda “Yoshlar — jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi” degan tamoyilning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.