Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
#_96_qonun

 Mahalliy Kengashlar faoliyati va deputatlik nazoratini samarali tashkil etishda amaldagi qonunchilik hujjatlarining o‘rni beqiyos. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari va mahalliy hokimiyat tizimida qarorlar qabul qilishning eng muhim huquqiy asosi hisoblanadi. 

Mazkur Qonunning asosiy jihatlari va ahamiyati: 

1. Huquqiy hujjatlar iyerarxiyasi: Qonunda mamlakatimizdagi normativ-huquqiy hujjatlar turlari (Konstitutsiya, qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda vazirlik-idoralar hujjatlari)
aniq belgilangan. 

 2. Mahalliy Kengashlar qarorlari: Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining normativ-huquqiy xususiyatga ega qarorlari ham qonunchilik hujjatlari tizimiga kiradi va faqat belgilangan vakolat doirasida
qabul qilinadi. 

3. Jamoatchilik muhokamasi va ekspertiza: Har qanday normativ-huquqiy hujjat loyihasi, jumladan, mahalliy
hokimiyat qarorlari ham majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan va adliya organlarining huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilishi shart. 

Ushbu qonun hujjatlarining normalarini puxta o‘rganish va hayotga tatbiq etish tumanimizda qonun ustuvorligini ta'minlash hamda xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 1