Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA NARXLAR BARQARORLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA NARXLAR BARQARORLIGI
MASALALARI MUHOKAMA QILINDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy
komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda doimiy
komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert guruhi vakillari ishtirok
etdilar.


Kun tartibidagi masala tumanda ichki bozorlarni asosiy turdagi oziq-ovqat va
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narxlar
barqarorligini saqlash, inflyatsiya darajasini nazorat qilish hamda ushbu
yo‘nalishda ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” bandlari muhokama qilindi.


Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan taqdim etilgan hisobotda
aholini zarur iste’mol mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, mavsumiy
zaxiralarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi yarmarkalarini tashkil etish,
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va narx-navoning asossiz oshishining oldini
olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.


Muhokamalar davomida deputatlar va ekspert guruhi a’zolari tomonidan iste’mol
bozoridagi vaziyatni doimiy monitoring qilish, mahsulotlar yetkazib berish
hajmini oshirish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan taklif va
tavsiyalar bildirildi va komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
  

Slide 1 of 2