Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
TIBBIYOT MUASSASASI FAOLIYATI OʻRGANILDI

 TIBBIYOT MUASSASASI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat mudiri R.Nodirov,
deputat B.Abduraximov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar xalq
deputatlari Quva tuman Kengashiga “7-Qalinpoʻstin” saylov okrugidan saylangan
deputat, Kengash raisi Z.Ashurovning saylov okrugi hududida joylashgan 6-son
Oilaviy poliklinika faoliyatini oʻrgandilar.


Mazkur tibbiyot muassasasida hozirgi kunda 29 nafar tibbiyot xodimi, shu
jumladan 11 nafar malakali shifokor faoliyat yuritib, hududda yashovchi 17 ming
406 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.


Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan mazkur muassasada aholiga
koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, dori-darmon vositalari bilan
taʼminlanganlik darajasi, tibbiy jihozlarning holati hamda tibbiyot xodimlari
uchun yaratilgan mehnat shart-sharoitlari atroflicha tahlil qilindi, bemorlar
uchun qulay sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligini
oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek,
poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqot oʻtkazilib, ularning
taklif va murojaatlari tinglandi.


Oʻrganish yakunida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada
oshirish va bu boradagi deputatlik nazoratini kuchaytirish boʻyicha tegishli
vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4