Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida o‘rganish: Maishiy farovonlik va xavfsizlik nazoratda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati A.Tog‘aymuratov saylov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.

💬 Tadbir davomida mahalla hayoti va osoyishtaligida eng muhim o‘rin tutuvchi ikki bo‘g‘in faoliyati mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida atroflicha ko‘rib chiqildi:

💬 Mahalla raisi faoliyati:
🟢Hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi, "mahallabay" tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

💬 Profilaktika inspektori faoliyati:
🟢Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda xonadonlar kesimida profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish holati ko‘zdan kechirildi.

💬 Deputatlar o‘rganish yakunida mahalla faollarining ish samaradorligini oshirish, ayniqsa, muammolarni aniqlashda "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Hududni jinoyatchilikdan xoli va aholi uchun eng tinch maskanga aylantirish asosiy maqsad ekanligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2