Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 16-“Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat A.Xayrullayev tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Deputat A.Xayrullayev har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ko‘tarilgan masalalarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3