Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
DXX kubogi va 1-iyun bayrami: G‘oliblar taqdirlandi

Tadbirni xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kengash raisi o‘z nutqida yurtimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tumandagi barcha bolajonlarni bayram bilan, sport musobaqalari g‘oliblarini esa erishgan yutuqlari bilan samimiy qutladi.

Bayram dasturi davomida Oʻzbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar ishtirokida ommaviy “Flesh mob” tashkil etildi. Vatanparvarlik va birdamlik ruhida o‘tgan ushbu chiqishlar yig'ilganlarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Xushovoz xonandalar ishtirokidagi konsert dasturi, dilbar kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar tadbirning yanada fayzli o‘tishiga xizmat qildi.

Tadbirning eng hayajonli va muhim qismida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogi uchun o‘tkazilgan futbol va mini futbol musobaqalari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi raisi Anvar Aralov va mas'ullar ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Slide 1 of 8