Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat I.Xolovga bir guruh fuqarolar tomonidan 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan murojaat kelib tushdi.
⚡️Murojaatda mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun mo‘ljallangan sport maydonchasi va ayvon (besedka) mavjud emasligi bildirilib, ushbu muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘ralgan.
⚡️Mazkur murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgangan deputat I.Xolov bolalar uchun munosib va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning jismoniy faolligini oshirish, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishida sport maydonchasi hamda dam olish hududlarining ahamiyati katta ekanini qayd etdi.
⚡️Ushbu masalaga ijobiy yechim topish maqsadida deputat tomonidan Jondor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U.Fayzulloyev nomiga deputat so‘rovi yuborilib, 3-DMTT hududida sport maydonchasi hamda ayvon qurish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
⚡️Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2