Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati R. Nazarova tomonidan Obod mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi hamda nuroniylar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi✔️
янв.21
Kengash raisi  tashabbusi bilan Sport musobaqasi tashkil etildi
янв.21
Наманган – Уйчи – Норин автомобиль йўли аҳоли ва транспорт учун муҳим йўналишлардан бири ҳисобланади. Сўнгги пайтларда йўл ҳаракати хавфсизлигини ошириш ва пиёдалар ҳамда йўловчилар учун қулайлик яратиш мақсадида бир қатор замонавий чора-тадбирлар амалга оширилмоқда.
янв.21
Уйчи  тумани ҳокими, халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Музаффар Абдуллаев ҳамда соҳа мутахассислари  ҳудудларда бўлиб, қишлоқ хўжалигида амалга оширилаётган  ишларни ўрганди.
янв.21
DEPUTAT FUQARO MUROJAATINI JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI
янв.21
ДЕПУТАТ 23-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
DEPUTAT 23-MTM BINOSINING HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYA RAISLARI TOMONIDAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
КОТИБИЯТ МУДИРИ ФУҚАРОЛАР УЧУН НАВБАТДАГИ ҚАБУЛНИ ЎТКАЗДИ
#tavsiyalar_asosida_jinoyatchilik
#tavsiyalar_asosida_jinoyatchilik

Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Arabxona MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jarayon davomida mahallada xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tizimini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar natijasida hududda olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar ijobiy samara berayotgani, fuqarolar bilan muloqot tizimi faollashgani qayd etildi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, profilaktik ishlarni rejalashtirish va ijrosini monitoring qilishda yagona tizimlilikni yanada kuchaytirish, ayrim holatlarda fuqarolar murojaatlariga tezkor javob berish mexanizmlarini takomillashtirish hamda yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma’lumot almashinuvi va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, PQ-1 qarori ijrosini sifatli ta’minlash hamda mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3