Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Amaliy yordam — oilalar farovonligiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Ilg‘or mahallasining Bo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqaro Mayram Fazilova xonadonida bo‘ldi.

M. Fazilova “Ijtimoiy reyestr” ro‘yxatida turuvchi fuqarolardan biri bo‘lib, unga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida subsidiya asosida to‘g‘ri chok va overlok tikuv mashinalari ajratilgan.

Bugungi kunda Mayram opa ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, milliy ko‘rpacha va yostiqlar tikish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu esa oilaning daromadini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

✨ Mehnat va e’tibor uyg‘un bo‘lgan joyda albatta natija bo‘ladi!

Slide 1 of 4