Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Kun tartibidagi birinchi masala

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Termiz tumanida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahri tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida. Termiz tuman hokimi Sh.Qalandarovning hisoboti haqida.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining sessiyasida Termiz tuman hokimi Sh.I.Kalandarov tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda hududdagi tashkilotlar faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, 2026-yilning 1-may holatiga Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali tumandan jami 1 ming 198 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi 59,2 foizni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich bilan Termiz tumani viloyatda 1-o‘rinda qayd etildi.
Hisobot davomida aholi murojaatlarini tizimli tahlil qilish, muammolarni manzilli hal etish, sayyor qabullar samaradorligini oshirish hamda aholining dardini eshitib, ularni rozi qilish eng muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz tumanini namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha 24 banddan iborat Harakatlar rejasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.