Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputat ko‘magi: ehtiyojmand oilaning bandligi ta’minlandi, farzandi sog‘lomlashtirildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 19-"Saodat" saylov okrugiga qarashli “A.Navoiy” mahallasida bo‘lib, hududdagi “mahalla yettiligi” faoliyati hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yoshlik” ko‘chasi 22a-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj N.Mamadaliyeva oilasiga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar va ularning natijadorligi joyida ko‘zdan kechirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida oilaning bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratish maqsadida N.Mamadaliyevaga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 20 million so‘m miqdorida imtiyozli ssuda ajratildi. Bugungi kunda u o‘z uyida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, oilasi uchun barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan.

Shuningdek, oilaning farzandi salomatligini tiklash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 30 million so‘m mablag‘ ajratilib, zarur tibbiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Natijada bolaning sog‘lig‘i tiklanib, oila uchun katta yengillik yaratildi.

Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, “mahallabay ishlash” tizimi doirasida ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3