Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Ёшлар маслаҳат гуруҳи ҳамкорлигида “Заковат” интеллектуал турнири ташкил этилди
#ekspert_guruhi_majlisi

#ekspert_guruhi_majlisi

Kogon shahar Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishni Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov olib bordi.

Unda mahalliy Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, qarorlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi hamda ularning amaliy samaradorligi keng muhokama qilindi. Ekspert guruhi a’zolari tomonidan mavjud holat yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda hududiy dasturlar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish, qarorlar sifatini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan guruh a’zolari tomonidan aniq takliflar berildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar ishlab chiqilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yig‘ilish hududda ochiqlik, shaffoflik va samarali boshqaruvni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 8