Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Deputat ishsiz fuqarolar bilan uchrashdi

Deputat ishsiz fuqarolar bilan uchrashdi

Navoiy shahar 14-“Ziyokor” saylov okrugi deputati Xudaykulova Nargiza Gaybulloyevna tomonidan Humo mahallasida notinch va ishsiz fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning ish bilan ta’minlanish, daromad manbaini yaratish, kasb-hunar o‘rganish hamda ijtimoiy yordam olish borasidagi murojaatlari tinglandi. Shuningdek, ayrim fuqarolar orasida ichkilikka ruju qo‘yish holatlari ham mavjudligi qayd etilib, bu borada profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.Mutasaddilar tomonidan bunday holatlarning oldini olish, fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularni mehnatga yo‘naltirish hamda psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha amaliy natijalar ham qayd etildi. Xususan, 2 nafar fuqaro temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish zavodiga ishga joylashtirildi. Bu esa olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.

Deputat o‘z so‘zida har bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi, muammolarni tizimli hal etish ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Bildirilgan takliflar asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4