Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Jamoat nazorati tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya kengashi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich ishtirokida Taxiatosh tumani 1-sonli Texnikum hududida jamoat nazorati tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosi doirasida 2026 yil bahor mavsumida ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati o‘rganildi. Jumladan, kollej hududida jami 500 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ularni parvarish qilish, sug‘orish, muhofaza qilish hamda zararkunandalarga qarshi ishlov berish ishlari tahlil qilindi.

Jamoat nazorati jarayonida mas’ullarga daraxt ko‘chatlarini asrab-avaylash, ularni muntazam parvarish qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2