Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA

AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq bilan muloqot – muammolar yechimiga yetaklovchi muhim omillardan biridir. Shu maqsadda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna Navoiy shahar Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yotoqxonalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va kundalik hayotda uchrayotgan qiyinchiliklar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan taklif va murojaatlarini bildirib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy yordam kutayotganliklarini ta’kidladilar.

Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rilishi qayd etildi. Shuningdek, aholiga huquqiy tushunchalar berilib, mavjud imkoniyatlar va davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularga tezkor va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, fuqarolarda ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Slide 1 of 1