Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Saylovchilar bilan uchrashuv

DEPUTAT VA SAYLOVCHI: AMALIY MULOQOT VA NATIJA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari tizimli ravishda davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 3-"Saroy" saylov okrugi deputati O.Allaberdiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov ishtirokida "Saroy" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining dardu tashvishlarini tinglash, mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash borasidagi takliflarini o‘rganishdir.

✅Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹 Mahalladagi ichki yo‘llar va elektr ta’minoti holati;

🔹 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish;

🔹 Saylovchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va jamoaviy murojaatlar.

✅Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga yuzlandilar. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✅"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bizning vazifamiz saylovchilar ishonchini oqlash va har bir muammoga yechim topishdan iborat," — deya ta’kidladi uchrashuvda O.Allaberdiyev.

✅Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovi chiqarish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 1