#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Boyovut_namunasi_ijrosi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Payariq tumanidagi “Qalandar” kollektorini yopiq drenaj tarmog‘iga aylantirish loyihasi o‘rganildi.
Mazkur loyiha qiymati 2 900 mln so‘mni tashkil etib, umumiy uzunligi 1,4 km ni qamrab oladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida kollektor yopiq drenaj tizimiga o‘tkazilib, atrof-muhit va sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, hosil bo‘ladigan yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish rejalashtirilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)