Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
PARKLAR, HIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI O‘RGANILDI.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida Parkent tumanida ham keng ko‘lamli loyihalar izchil davom etmoqda.
Jumladan, tumandagi Qo‘shchinor bog‘i hududida zamonaviy talablar asosida Yoshlar markazi qurilishi ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, yangi dam olish maskanlari tashkil etish, bolalar maydonchalari va yashil hududlarni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur qurilish ishlarining sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-Qo‘lichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida mas’ul loyihachi va buyurtmachi tashkilot mutasaddilari bilan uchrashilib, qurilish ishlarining sifati, muddatlari hamda texnik talablarga rioya etilishi yuzasidan suhbatlashildi, bajarilayotgan ishlar bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan me’yor va standartlarga muvofiq, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining samaradorligini oshirish, mablag‘larning shaffof va maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 5