Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida Aleli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Xo‘jalik oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish jarayonida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining ish samaradorligi, shuningdek, bemorlarga xizmat ko‘rsatishdagi navbatlar va tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Mutasaddilar tomonidan OSHPda aholi murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotgani, profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etilayotgani qayd etildi.O‘rganishda yangi bino qurib foydalanishga topshirilgunga qadar OSHP o‘z faolityatini Aleli mahallasi ma’muriy binosida vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatayotganligi, sifatli xizmat ko‘rsatish uchun imkoniyatlar cheklanganligi, moddiy-texnika bazasi yetishmasligi holatlari kuzatildi. 

✔️Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda soha samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Slide 1 of 8