Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

📝 Mazkur seminarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat

D. Ravshanbekov hamda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva ishtirok etib, mahalliy Kengashlar hamda mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, D.Ravshanbekov va Sh.Umarxodjayeva mahalla tizimini rivojlantirish, xodimlarning jamiyatdagi nufuzi va maqomini oshirish, ijtimoiy sohadagi islohotlarni joylarda samarali amalga oshirishda deputatlarning mas’uliyati muhim ekanini ta’kidladi. Aholi bilan ochiq muloqot olib borish, mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda ishlash orqali belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish zarurligi qayd etildi.

📌 Shuningdek, tadbir davomida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tizimli muloqot mexanizmlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📉 O‘quv-seminar ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan qabul qilinib, unda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda amaliy takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5