Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#tavsiyalar_asosida_ijtimoiy_xodim

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdilar. Tashrif davomida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar bilan ishlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan amalga oshirilayotgan ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar va xizmatlar samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi. Mas’ullar tomonidan ijtimoiy xodim faoliyatining mazmuni, ish yuritish tartibi hamda fuqarolar bilan muloqot sifati bo‘yicha savollar berildi va tushuntirishlar tinglandi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoya tizimining mahalla darajasida samarali tashkil etilishi, aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3