Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari qatnashdi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov tomonidan deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Jumladan, quyidagi masalalar muhokama qilindi: 

🔹 deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida 24 ta masala bo‘yicha o‘rganish ishlarini tashkil etish;

🔹 96 ta qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish;

🔹 deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazorat qilish;

🔹 deputatlik so‘rovlari natijasida amalga oshirilgan ishlar tahlili;

🔹 doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish;

🔹 saylovchilarga hisobot berish amaliyotini kuchaytirish;

🔹 mahallalarda aholi bilan uchrashuvlarni tizimli tashkil etish;

🔹 “Narpay tajribasi” asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari.

Yig‘ilish yakunida deputatlar oldiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, amaliy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 7