Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Kadirov Elbek Rustamovich tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan mahalla profilaktika inspektori faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishda Shayxontohur tuman Kengashi Kotibiyati mudiri N.Karimov, “Qoratosh” mahalla fuqarolar yigʻini raisi J.Valiyeva, uchastka profilaktika inspektori Sh.Mustafakulovlar ishtirok etishdi.

Xususan, ushbu qarorga asosan oʻragnishda mahallada profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni aniqlash va ular bilan individual tartibda ish olib borishga alohida eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, oʻrganishda mahalla profilaktika inspektori Sh.Mustafakulov tomonidan yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy profilaktika choralarini kuchaytirish borasida ham tashkil etilgan tizimli ishlar haqida axborot berib oʻtdi.

Bundan tashqari, u “xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla faollari va jamoatchilik bilan hamkorlikda tezkor va samarali choralar koʻrilayotgani natijasida jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashga xizmat qilayotganini maʼlum qildi.

Deputat tomonidan oʻrganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar berildi hamda kelgusida mazkur qaror ijrosini taʼminlash orqali xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirishga erishish asosiy maqsad ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Slide 1 of 2