Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
“Sog‘lom hayot yo‘lida birlashganlar: Jalaquduqda ommaviy yurish marafoni”

             Jalaquduq tumani Yoshlar o‘yingohida tashkil etilgan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi yurish marafoni va sport tadbirlari yuqori kayfiyat, ko‘tarinki ruh hamda katta faollik bilan o‘tkazildi. Tadbir erta tongdan boshlanib, unda turli yoshdagi fuqarolar, ayniqsa yoshlar va sport ixlosmandlari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi yurishda qatnashib, sportning inson salomatligidagi o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdilar. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari O.Nosirov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Juraev, doimiy komissiya raisi E. Qurbonov hamda tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham faol qatnashib, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatladilar. Ular tomonidan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholining, ayniqsa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida turli sport musobaqalari,
jismoniy faollikka undovchi chiqishlar tashkil etildi. Bu esa ishtirokchilarga yanada ko‘proq zavq bag‘ishlab, ularning faol qatnashishiga turtki bo‘ldi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularni sportga keng jalb etish hamda jamiyatda ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiluvchi bunday tadbirlar, shubhasiz, barchani bir maqsad yo‘lida birlashtiradi. Bu kabi tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirilishi alohida ahamiyat kasb etadi. 

   

Slide 1 of 8