Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov hududda faoliyat yuritayotgan “Kostan fiber” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga amaliy tashrif bilan bordi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov hududda faoliyat yuritayotgan “Kostan fiber” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif davomida mazkur korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, xususan ip- yigiruv yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida xomashyoni
qayta ishlash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, xodimlar uchun mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Tashrif yakunida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, mahsulot sifatini oshirish va bozordagi raqobatbardoshligini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar qo‘llab-quvvatlandi. Bunday amaliy tashriflar hududda sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

  

  

  

  

  

   

Slide 1 of 5