Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov tomonidan Teraktagi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi bilan birgalikda hududni o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida 2026-yil uchun belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning manzilli ro‘yxati asosida mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar tahlil qilindi.

Hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor Raxmatov Nasibillo tomonidan konditer mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha 2026-yilning 4-choragida ishga tushirilishi kutilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida 4 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor Raximov Islom tomonidan 200 million so‘m miqdoridagi mablag‘ evaziga mebel ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda ushbu korxonada 3 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

Mazkur o‘rganishlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy ifodasidir.

Shahar Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar kelgusida yangi loyihalarni shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3