Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tomonidan Chilonzor tumani Sharq tongi mahallasi, Qizil Sharq ko‘chasidagi 29-uy oldidagi muammolar yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur hududda uy oldi yo‘laklarini asfalt qilish masalasi aholi tomonidan bir necha bor ko‘tarilgan. 

Hozirgi kunda ushbu joy betonlashtirilgan bo‘lib, ariqlarning to‘silib qolganligi hamda ko‘chaning bosh qismida bajarilgan asfalt ishlari sifatsizligi sababli yo‘laklarda yorilishlar yuzaga kelgan.

Natijada yog‘ingarchilik vaqtida hududda suv to‘planishi kuzatilmoqda, bu esa ayniqsa keksalar va aholi harakatlanishi uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.

🏡Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan 29-uy oldiga keksalar uchun 4 dona o‘rindiq o‘rnatish zarurligi ham bildirilgan.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlardan qonunchilikka muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1