Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Tuproqqal’a tumanida aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Allaberganova tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida deputat mazkur bo‘limda fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishdi. Xususan, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ro‘yxatga olish jarayonlari, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga qayta tayyorlash hamda zamonaviy mehnat bozoriga moslashtirish tizimi o‘rganildi.

Shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan subsidiya ajratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarining amaliyotdagi holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim mutaxassislari bilan ochiq va konstruktiv muloqot o‘tkazilib, sohadagi mavjud muammolar, ularning yuzaga kelish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va fikrlar atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan amaldagi tizimni yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish yuzasidan takliflar bildirildi.

Tashrif yakunida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda mehnat bozorida samaradorlikni oshirish yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish, shuningdek, davlat xizmatlari sifatini oshirish muhim ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.

Slide 1 of 2