Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Iqtisodiy islohotlar va mahalliy byudjet: muhim masalalar muhokamada

            Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashining VII chaqiriq 17-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan qator muhim
masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Shu bilan birga, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.Yig‘ilishda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ochiq byudjet” portali orqali eng ko‘p ovoz olgan loyihalarni saralash hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini manzilli yo‘naltirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, 2026 yil boshida shakllangan mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘larini samarali taqsimlash masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 5