Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Yoshlar – jamiyat tayanchi: deputat bilan ochiq muloqot

Yoshlar – jamiyat tayanchi: deputat bilan ochiq muloqot

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi .  

 Uchrashuv davomida deputat yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. O‘z nutqida u yoshlar jamiyatning eng faol va tashabbuskor qatlami ekanini, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

 Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Deputat tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, ilgari surilgan takliflar nazoratga olindi. Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

 Deputat o‘z nutqida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlab, bu tashabbus yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularni davlat va jamiyat hayotiga keng jalb etishda muhim omil ekanini qayd etdi. Shuningdek, talaba va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, faollar tomonidan hayotiy tajriba va tavsiyalar bildirildi. Tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni yurt ravnaqi yo‘lida birlashtirishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.

Slide 1 of 4