Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik Ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati J.Amonov saylangan 11-Qahramon saylov okrugiga qarashli “Mehnatobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida “Mehnatobod” mahallasida “mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor hokim yordamchisi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlardan doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. Bu borada bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla hududida aholi xonadonlariga borilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Bunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan tinglandi. Yechimi talab etiladigan masalalarni hal qilish bo‘yicha choralar belgilab olindi. Yakunda mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati davomidagi kamchiliklari yuzasidan deputat o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Slide 1 of 3